Агент (пешеход)

от 1 100 000 до 3 100 000 сум до вычета НДФЛ

Откликнуться
Вы откликаетесь на вакансию в другой стране

Страна размещения вакансии — Узбекистан.

В резюме не указано, что вы готовы туда переехать.

Все равно откликнутьсяНе откликаться
Смотреть отклик

Требуемый опыт работы: не требуется

Частичная занятость, удаленная работа

Ba'zi loyihalarda Yandexga hamkor-kompaniyalar yordam beradi. Biz esa ularga mos ijrochilarni topishda yordam berishga harakat qilamiz. Bunday kompaniyalardan biri Runetdagi tashkilotlarning eng yirik katalogi – Yandex.Ma’lumotnoma va Xaritalari bilan ishlash jarayonida xizmat ko'rsatadi. Ushbu kompaniya Yandex loyihasi ijrochilari, y’ani geoma’lumotlar yig’ish borasidagi mutaxassislarni (piyodalar) jalb qilmoqda.

Geoma’lumotlar yig’ish mutaxassislari Ma’lumotnoma va Xaritalardagi ma'lumotlarning to'g'ri va dolzarb ekanligini kuzatadilar. Ular joyidagi tashkilotlar to’g’risida ma'lumotlar yig’ib, tekshiradilar, yangi tashkilotlarni qo'shadilar va xarita ob'ektlarini yangilaydilar.

Biz masofaviy ish izlayotganlarni loyihaga jalb qilishdan mamnun bo'lamiz. Agar sizga odamlar bilan muloqot qilish yoqsa, siz e’tiborli bo’lsangiz va mazkur joyda tez mo’ljal olsangiz, biz sizga geoma’lumotlar yig’ish mutaxassisining vakansiyasi uchun tanlovda ishtirok etishni taklif qilamiz.

Geoma’lumotlar yig’ish mutaxassisi vazifalari:

  • piyoda yurgan holda shaharingizdagi tashkilotlar va xarita ob'ektlari to’g’risida ma'lumotlarni yig’ish;
  • tashkilotlar haqida ma'lumotlarni tahrirlash;
  • Yandex.Ma’lumotnomada bo'lmagan yangi tashkilotlarni qo'shish;
  • Yandex.Xaritalardagi ob'ektlarini yangilash.

Ish uchun sizga kerak bo'ladi:

  • savodli og'zaki va yozma nutq;
  • smartfon yoki androidda ishlovchi planshetli kompyuter (5.0 va undan yuqori);
  • internetga ulangan noutbuk yoki statsionar kompyuter.

Ishga loyiq nomzod:

  • shaharda tez mo’ljal ola oladi va ko'p piyoda yurishga tayyor;
  • tafsilotlarga tug'ma e'tibor va yaxshi vizual xotiraga ega;
  • vazifalarni bajarish uchun mas’uliyatni o'z zimmasiga olishga tayyor;
  • o'z ishini mustaqil ravishda tashkil eta oladi;
  • smartfon bilan a’lo ishlash qobiliyatiga ega.

Shartlar:

  • masofaviy ish;
  • kunduzgi qisman ish bilan ta'minlash;
  • bajarilgan vazifalar soniga qarab to'lov.

Вакансия опубликована 16 июля 2019 в Фергане

Смотреть отклик
Написать сопроводительное письмоПисьмо отправлено

Сопроводительное письмо к отклику

Похожие вакансии