АО AVTOOYNA

Фергана
Сферы деятельности

Химическое производство, удобрения

АО AVTOOYNA

“Avtooyna” MCHJ, 19 yil mobaynida yuqori sifatli, xavfsiz avtomobil oynalarini ishlab chiqarish bozorida o’z o’rnini mustahkam egallab ulgurdi va hozirda munosib obro’ga e’tiborga ega. Ishlab chiqarish hajmi yiliga 420 mingdan ortiq ko’rsatkichni tashkil qiladi va bunda dunyoga mashxur kompaniyalar – Bystronic Glass (Shvetsariya), Cugher Glass, Ctriulzi, Mario Argiro, Kera Glass (Italiya), Glassrobots, Pilkington (Finlyandiya) va Vetrotool (Ispaniya) kompaniyalarining zamonaviy texnologiyalaridan foydalaniladi. Shularga asoslanib aytishimiz mumkinki, kompaniya nafaqat O’zbekistonda, balki butun O’rta osiyoda avtomobil oynalar ishlab chiqarish sanoatida etakchi o’rinni egallaydi.
 
        "Avtooyna" MChJ tarixi 1998-yildan boshlanadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 8-oktyabrdagi qaroriga binoan, xavfsiz avtomobil oynalarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Bundan ko’zlangan maqsad – mahalliylashtirish, ya'ni Asaka avtomobil zavodining (hozirgi "UzAvto Motors" aksiyadorlik jamiyati) konveyeridan chiqayotgan avtomashinalarni oyna bilan ta’minlash va butlovchi qismlarni ishlab chiqarilishini o’zlastirishtir.

         Hozirda, kompaniyamizning maxsulot assortimenti 150 donaga yetgan. Bu maxsulotlar asosan “UzAvto Motors” AJ avtomobil modellari uchun mo’ljallangan xavfsiz avtooynalar to'plami bo’lib, ular General Motors (GMW 3136) global ishlab chiqarish standartlariga mos keladi. 
 
       Shuningdek, assortimentimizda “SamAvto” MChJ, “MAN Auto Uzbekistan” QK, “Toshkent qishloq xo'jaligi mashinalari zavodi” AJ va boshqa ishlab chiqaruvchilarning turli modellari mos xavfsiz avtooynalar mavjud. Avtomobil oynasiga bo'lgan talabni qondirish bilan birga, kompaniya tomonidan xalq iste'mol mahsulotlari, mebel va maishiy texnika uchun shisha buyumlar ishlab chiqarish ham tez sur'atlarda o'sib bormoqda. Bundan tashqari, steklopaket (ko’p qavatli), turli xildagi tusi o’zgartirilgan va atermik (issiqa chidamli) avtomobil oynalar, yog'och buyumlar, shu jumladan idoralar va iste'molchilar uchun mebel ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Tashkilotimizda mijozlarning shaxsiy buyurtmasi asosida ham deyarli barcha turdagi avtomobil oynalarini tez fursatda tayyorlab berish yo’lga qo’ygan. 

        Biz biznesning har bir bosqichida - oynaning yaratilishidan tortib, yillar davomida sifatli xizmat qilishi kabi natijalarga erishish yo’lida doimiy intilib boramiz. Mahsulotlarimizning qat'iy nazoratni avtomobillarga oyna ishlab chiqarish sanoatidagi universal standartlarga asoslanib va shunigdek, o'z ichki me’zonlarimizga muvofiq amalga oshiramiz. Bunda asosiy ustunliklarimizdan biri bu – akkreditatsiyalangan laboratoriyaga ega bo’lishimizdir. Laboratoriyada, mutaxassislarimiz tomonidan barcha mahsulotlarda xavfsizlik va haydovchiga ko'rish imkonini yuqori darajada bo’lishini ta'minlovchi sinovlardan o’tkazish kabi maqsadli tekshiruvlar o’tkaziladi. 

       Biz foydalangan texnologiyalar o'ziga xosligi shundaki, kompaniyamiz xavfsiz avto oyna ishlab chiqarishda Dunyoda etakchi bo'lgan Evropa kompaniyalar foydalanib kelayotgan yuqori texnologiyalarga e'tibor qaratganmiz. Oldi oynalar uchun qo’llaniladigan Finlyandiya texnologiyasi orqali (PILKINGTON, GLASSROBOTS) avtomobil kuzovi o'lchamlariga to'liq mos keladigan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Termik jarayon orqali zichlashtirilgan oynalarni ishlab chiqarishda Italiya (MARIO ARGIRO) va Ispaniya (VETROTOOL)  texnologiyalaridan foydalanib, kerakli parametrda ichki kuchlanish va kichik og'ishli oynalar ishlab chiqariladi. Shveytsariya shishani qayta ishlash texnologiyasi (BYSTRONIC) yordamida eng aniq o'lchamlarga ega yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqara olamiz. 

        Bizning texnik xodimlarimiz guruhini yuqori malakali, Evropa ittifoqi va Rossiya Federatsiyasida muntazam ravishda malaka oshirib boruvchi mutaxassislar tashkil qiladi. Korxona xodimlarining kasbiy tayyorgarligi doimiy ravishda o’stirib boriladi. Bunda, nazariy bilim darajasini oshirish, amaliy ko'nikma va malakalarini yaxshilashga e’tibor qаratiladi.

АВТООЙНА (АВТООЙНА, ООО) - предприятие специализируется на выпуске безопасных автомобильных стёкол. (25 лет) Входит в состав предприятий АО «Узавтосаноат». Является основным поставщиком автомобильного стекла для модельного ряда автомобилей АО «UzAvto Motors»: Damas, Spark, Lacetti, Gentra, Cobalt, Aveo, является поставщиком стекол для производителей тракторов и комбайнов, UzCaseTractor, UzClaaseAgro, автобусов SamAvto, грузового и пассажирского транспорта СП ООО «Uz Truck and Bus Motors».
На предприятие установлены линии предварительной обработки, закалки и ламинирования – самые современные и полностью автоматизированные линии по производству безопасных автомобильных стекол.
Компания не разместила информацию об открытых вакансиях.